O‘zbek xalqi azal-azaldan kelinini kelin emas, qiz farzand deb qabul qilgan. Uning sharafiga bag‘ishlab to‘ydan keyin ham ma’lum bir muddatlar oralig‘ida har xil urf-odatlarni o‘tkazib kelgan. Bu kabi marosimlar orqali yangi qudalar va ularning qarindosh-urug‘lari bir-birlarini yaqindan tanigan-bilgan. Xalqimiz bunday urf-odatlar qarindoshlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi deb ishongan va ularga og‘ishmay amal qilgan.“Bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi”, “Serfarzand, serdavlat bo‘linglar, o‘zlaringdan ko‘payinglar, unib-o‘singlar”, deya kayvonilarimiz yoshlarni duo qilishadi. Yangi oila bunyod etiladi. Lekin biz nimagadir yoshlarning baxt-saodati, kelajagi haqida emas, ko‘proq to‘y, uni qanday o‘tkazish xususida qayg‘uramiz. Qulog‘imizgacha qarzga botsak-da, obro‘ uchun qozon-qozon guruch damlaymiz. Avtomashinalardan karvon tuzib, mahallada “duv-duv gap” qilgimiz keladi. Eng qimmat restoranda bazm uyushtirib, tanishu notanish, mast-alast olomonning xurmacha qiliqlarini viqor bilan tomosha qilamiz. Elning rasm-rusumini qilyapmiz deb haddan oshamiz. Xayotda xammamiz ko‘p bo‘lmasayam hech bo‘lmagandan bir marta shunday holatlarga guvoh bo‘lganmiz. To‘yxonaga oppoq liboslarda shahzodayu malika bo‘lib kelin bilan kuyov kirib kelishadi. Kelin salom qilish maqsadida bir oz egilar ekan, hijolatdan kattalarning nigohi yerga qadaladi. Atrofdan: “Juda ochiq kiyinibdi”, “Etagini uzun qilgandan ko‘ra yelkasiga tashlasa bo‘lar ekan”, degan dashnomlar quloqqa chalinadi. Kelin-kuyov to‘rdagi o‘rindiqlarga borib o‘tirishadi. Kuyov kresloda yasanib o‘tirar ekan, huddi “Mana ko‘rib qo‘yinglar, mening malikamni”, deyayotgandek edi. Jo‘ralar, hatto to‘yga kelgan aksar erkaklarning nigohi shohsupada “malika”larday o‘tirgan hushsurat kelinga qadalgan.
Kelin yuzini ochib, bemalol o‘tirdi. Lekin harir parda ortidagi chehrani, bu nozik vujudni ko‘z-ko‘z qilish aslo mumkin emas. Ketma-ket kelgan taniqli xonandalar qo‘shiqlaridan davra yoshlar diskoteka zaliga aylandi-qoldi. Hatto kelin-kuyovni ham davraga olib chiqishdi. Hind seriallarida kuylanadigan qo‘shiqqa hamohang kelin-kuyov quchoqlashib valsga tushishdi. Bu manzarani qanday izohlash mumkin. Hammaning nazari ikki yoshda. Atrofni o‘rab olgan yigitlarning qiy-chuvi... So‘ng kelin otasi bilan, keyin qaynotasi bilan ham raqsga tushdi... Qani sharqona odob-axloq, ibo-hayo . Buni oddiy holatdek qabul qilayotganlarning oriyati, hamiyati qayerda qoldi? Oila jamiyatning bir bo‘lagi. Oila to‘kis bo‘lsa — jamiyat farovon. Oila daromadi jamiyat boyligi bilan chambarchas bog‘liq. “Pul meniki, qanday xohlasam, shunday sarflayman. Istasam — dabdabali to‘y qilaman, istasam — dang‘illatib uy solaman”, deb hisoblaydiganlar bor. Ular boyligimizni havoyi orzular uchun sovurishimiz oxir-oqibat o‘zimizga ziyon ekanini nahotki bilmaydilar?! Ahli donishlar shuhratparastlik, manmanlik, takabburlik deb baholaydigan dabdababozlik bilan nom qozonish, mol-dunyosini ko‘z-ko‘z qilish unchalik qiyin ish emasdir, ehtimol.To‘y — farovonlik belgisi. To‘kinlik, fayz-baraka, osoyishtalik bor joyda to‘ylar bo‘ladi. Biroq noshukurligimiz haddan oshib ketadi ba’zan. To'y marosilarimiz bizni Nurota zaminimizda juda ko'payib isrofgarchilik bo'lmoqda.Non berishlarda 50 kggacha qand-qurslar va alllambalolar qilinmoqda.birovni kuchi yetsa birov qarzga qilmoqda.Va ya'na fotiha to'yida ham shu ahvol.Kelinlar biz mahallaning yettiligi birlashib shu marosimlarga chek qo'yib ixcham 15 kishilik fotiha to'yi qilsak maqsadga muvofiq bo'lardi.Hammamizni to‘ylarga yetkazsin. Xalqimiz hayotini to‘ysiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Orzu-istaklarimiz, jamiki sa’y-harakatlarimiz farzandlarimiz kamoli, baxt-saodati bilan bog‘liq. Yurtimiz tinch, turmushimiz farovon, hayotimiz to‘kis. Qancha to‘y qilsak, yarashadi. Qanday ota-ona o‘z farzandini sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashni, uning baxtu iqbolini ko‘rishni istaydi. Ana shunday ezgu maqsadda mehnat qilib, yaxshi kunlar uchun yig‘inamiz, “topgan-tutganimizni” to‘ylarga ataymiz. Biroq so‘nggi paytlarda bunday hoyu-havaslar milliy qadriyat va urf-odatlarimiz ko‘zgusi bo‘lgan to‘y-hashamlarimizning dabdababozligu kim o‘zar poygaga, isrofgarlik tomoshasiga aylantirib qo‘yayotgani ko‘pchilikni tashvishga solishi tabiiy. Chunki dabdaba bilan o‘tkazilayotgan to‘y-hashamlar oqibati turli muammolarga, eng achinarlisi, yosh oilalarning ajralishlariga ham sabab bo‘lmoqda.
Nurota tuman ''Saydato''MFY otinoyisi S.Shokirova