Farzand tarbiyasi oiladan boshlanadi
Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasida oilaning o‘rni beqiyosdir. Farzand tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila bolaning jismoniy kamolotidagina emas, balki ma’naviy kamolga yetishida ham muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Farzand tarbiyasi ota-ona va jamiyat oldidagi eng zarur va e’tibortalab vazifa hisoblanadi. Farzandning jismoniy, ruhiy va aqliy kamolotiga bolalikdan e’tibor qaratish lozim. Odamning inson sifatida shakllanishi ham uning bolaligidan boshlanadi. Yaxshi, go‘zal tarbiya olgan bolalar ulg‘aygach, xush axloqli, go‘zal odobli insonlar bo‘lib yetishadi. Solih farzand kishi o‘z ortida qoldiradigan eng yaxshi boylikdir. Solih farzand dunyo va oxiratda ota-onasiga foyda keltiradi. Solih farzandga yetishish uchun bir amallarni bajarish lozim, ya’ni soliha ayol tanlash; luqmaga e’tibor berish; tug‘ilgan farzandning qulog‘iga azon aytish; tanglay ko‘tarish; farzandlarga yoshligidanoq yaxshilik va xushmuomalani o‘rgatish; xato qilganda, tanbeh berish bilan cheklanish; farzand tarbiyasida ayolning o‘rnini oshirish. “Avesto”da insoniy burch faqat axloqiy yo‘l-yo‘riqlarni o‘zlashtirishdan iborat bo‘libgina qolmasdan, balki inson oilaviy turmush, yaxshi yor va farzand to‘g‘risida ham o‘ylashi zarurligi ta’kidlanadi. Shuningdek, qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi man etilgan. Qavm va urug‘ qonini toza, avlodni benuqson saqlash uchun shunday qilingan. Ko‘pbolali oilalarga nafaqa tayinlash lozimligi qayd etilgan. Oila mustahkamligini, farovonligini hamda kelajagini baxtli oila tamoyili darajasida ta’minlovchi omillardan biri farzandlardir. Yigit va qizning turmush qurishdan ham asosiy maqsadi nasl va zurriyot qoldirish hamda uning kamolini ko‘rishdan iborat. Oilada tug‘ilib o‘sadigan bolaning kelajagi, birinchi navbatda, ota-onaga bog‘liq. Zero, tarbiya barcha sa’y-harakatlarning boshlanishidir. Abdurauf Fitrat “Oila” asarining “Farzand tarbiyasi” bo‘limida “Bu xalqning harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi, zaif bo‘lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e’tibordan qolishi, o‘zgalarga tobe, qul va asir bo‘lishi, bolalikdan o‘z ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog‘liq”, – deb keltiradi. Darhaqiqat, farzand tarbiyasi oilaga, ya’ni ota-onalar tomonidan berilgan tarbiyaga bog‘liq. Ota-ona o‘z farzandini namunali, ilmli, odobli va ma’naviy kamolot darajasida bo‘lishini istaydi. Bu jarayonda juda ko‘p mashaqqatli va zahmatli yo‘llarni bosib o‘tadi. Ammo ayrim ota-onalar bolaning ma’naviyatli va qobil inson bo‘lib yetishuvida tarbiya birlamchi ekanini ko‘zdan qochirib qo‘yadilar. Xo‘sh, ota-onalar bola tarbiyasini qachondan boshlashlari zarur va buning uchun nima qilishlari kerak? – degan savolga ko‘pchilik ota-onalar javob berishga ikkilanib qolishadi. Chunki dunyo o‘zgarmoqda, O‘zbekiston yangi davr – uchinchi renessans bosqichiga ko‘tarilmoqda. Bu o‘z-o‘zidan farzandlar tarbiyasiga qaysidir jihatdan ta’siri bo‘lishi tayin. Farzandni tarbiyalash uchun, eng avvalo, bo‘lg‘usi ota-onalarning o‘zlarini tarbiyalash, ya’ni ularni farzand tarbiyasi haqidagi bilim, ko‘nikma, malaka va bilimlar bilan qurollantirib hamda yanada bilimlarini takomillashtirib borish orqali qobil farzandlarni dunyoga keltirib, voyaga yetkazish kerak bo‘ladi. Manbalarda keltirilishicha, bola tarbiyasi uch bosqichda amalga oshadi. Birinchisi – turmush qurgunga qadar yigit va qizni oilaga tayyorlash hamda munosib jufti halol tanlash, ikkinchisi – homila davridagi parvarish, uchinchisi – farzand dunyoga kelgan kundan boshlab beriladigan tarbiya. Farzand tarbiyasining birinchi bosqichida turmush qurish arafasida turgan bo‘lg‘usi kelin va kuyovlarni oilaviy turmushga tayyorlash masalalari e’tiborga olinadi. Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar o‘zlari oilaviy turmush haqidagi bilimlarni egallashi va o‘zlari ham tarbiyalangan bo‘lishlari bilan birga odobli va salohiyatli juft tanlashlari muhimdir.
Farzand tarbiyasidagi bu bosqich to‘g‘ri asosda yo‘lga qo‘yilsa, keyingi jarayonlar ham ijobiy tomonga qarab ketishiga zamin tayyorlanadi va bunda nikoh masalasining ahamiyati salmoqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasi 2-qismida: “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi”, – deb yozilgan. Nikoh orqali shar’iy yo‘l bilan juft bo‘lib yashashning bir qancha foydasi bor. Nikoh axloqiy va jismoniy poklikni talab qiladi. Nikoh ahdi insonlarga mas’uliyat yuklaydi. Chunki oilada erning ham, ayolning ham o‘z vazifalari bor, ulardan har biri o‘z 3 vazifasini to‘la ado etishga mas’uldir. Nikoh tufayli ota-ona o‘zidan so‘ng zurriyot qoldirib, inson nasli davom etishiga sabab bo‘ladi. Islom dinida musulmonlarni oila qurib, o‘zlaridan so‘ng zurriyot qoldirishga bejiz targ‘ib etmaganlar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 820-sonli qarorida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari ta’kidlab o‘tilgan. Yoshlar, ya’ni qizlar 17 yoshdan, o‘g‘illar 18 yoshdan 30 yoshgacha nikohga o‘tib oila qurishlari maqsadga muvofiq, buning uchun ular avvalo 18 yoshgacha oila qurishga tayyor bo‘lishlari, amaldagi er-xotinning huquq va majburiyatlarini belgilaydigan huquqiy qoidalar mazmunini o‘zlashtirib, ularga qat’iy rioya qilishlari lozim, shundagina bular tuzgan oila mustahkam va barqaror bo‘ladi. Pedagogik manbalarda shaxsni shaxs bo‘lib shakllanishida uchta omilning ahamiyati muhim ekanligi keltiriladi. Birinchisi – atrof-muhit, ikkinchisi – ta’lim va tarbiya va uchinchisi – irsiyat. Sohibqiron Amir Temur ham o‘z davrida o‘g‘il uylantirish, kelin tanlash hamda farzand tarbiyasini davlat siyosati darajasiga ko‘targanligi ham bejiz emas. Oilaning mustahkam bo‘lishidagi asosiy mas’uliyat oila boshlig‘i zimmasida, deb bilgan Sohibqiron: “O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nasl-nasabini, yetti pushtini surishtirdim. Odamlar orqali salomatligini, jismoniy kamolotini aniqladim, odob-axloqi, sog‘lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan xoli bo‘lsagina el-yurtga katta tomosha berib, kelin tushirdim”, – deydi. Shuningdek, sarkardaning quyidagi so‘zlari yanada ibratli: “O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimga biron tomchi sharob ichib, xotinlariga yaqinlashishni man etdim. Zero, sharobning ta’siri bunyodidan kelgan farzand nasl-nasabning buzilishiga ta’sir etgay, debon shu pokiza yo‘lni tutdim”. Demak, Amir Temur nafosatshunoslikni manbayi pokizalik, tartib-intizom oila kuch-qudratini yuksaltirib, jamiyatga poydevor bo‘lishini yaxshi bilgan. Farzand tarbiyasining ikkinchi bosqichi onaning homilalik davri hisoblanadi. Tarbiya homiladan boshlanadi. Homila yorug‘ dunyoga kelishidan avvalo, ona uni o‘z vujudi bilangina emas, qalb tafti bilan ham boqadi, ulg‘aytiradi hamda mehrga to‘yintiradi. Farzand tarbiyasida “Prenapadeya” – “oldingi” (tug‘uruqdan oldingi holat, ya’ni homilaning ona qornidagi tarbiyaviy davri degan ma’noni beradi) tushunchasi ham mavjud. Perenetal davr ayollarning homiladorlik (fiziologik) davri hisoblanadi. Urug‘lantirilgan kundan boshlab birinchi 8 hafta davomida rivojlanayotgan jism “embrion” deb ataladi, bu “ichkarida rivojlanayotgan” degan ma’noni bildiradi. Bu davr embrion davri deb ataladi va tananing asosiy tizimlarining shakllanish xususiyati bilan ajralib turadi. 8 haftadan so‘ng to homiladorlik vaqti tugagunga qadar rivojlanayotgan jism “homila” deb ataladi, bu esa “kelajak avlod” ma’nosini anglatadi. Ushbu homilalik davri deb ataladigan vaqtda tana kattalashaveradi va uning tasnifi faoliyat ko‘rsatishni boshlaydi. Homiladorlik vaqti odamlarda odatda homilador bo‘lgan kundan boshlab 4 yoki tug‘ilgunga qadar urug‘lantirilgan vaqtdan hisoblanganda taxminan 38 hafta davom etadi. Ilk turmush qurgan yosh kelin-kuyovlar solih farzand tilaydi.
Muborak Qur’oni karim “Oli Imron” surasi 38-oyatida bunday deyiladi: “O‘sha joyda Zakariyo Rabbiga iltijo qilib, dedi: “Rabbim, menga (ham) o‘z huzuringdan pok zurriyot ato et! Darhaqiqat, Sen duoni eshitguvchidirsan”. Demak, yaratgan zot o‘z bandalariga qobil farzand, ya’ni ertangi kun vorislarini O‘zidangina so‘rashni amr etmoqdalar. Bu davrda onaga ham tashqi, ham o‘zi tomonidan katta e’tibor qaratilishi joizdir. Homiladorlik davrida ayolga moddiy-ma’naviy va psixologik sharoit talab etiladi. Bola sog‘lom, ko‘rkam va baquvvat tug‘ilishi uchun onani barcha og‘ir yumushlardan soqit qilish va asabiylashishdan juda ehtiyot qilish kerak. Ayol ko‘p asabiylashib, majburiy zo‘ravonliklarga duchor qilinsa, bola asab kasalliklari bilan dunyoga kelishi ko‘p bora isbotlangan. Demak, homilador ayolni chiroyli, go‘zal va betakror hayotiy his-tuyg‘ular bilan siylasak, vujudida katta bo‘layotgan tug‘ilajak farzandimizga insoniylikning asl manbalarini singdirgan hamda uni ruhiy bosimlardan asragan bo‘lamiz. Ona vujudida bola qanday tarbiyalanadi? Ayol o‘zini ma’naviy va jismoniy tomondan avaylashi, ya’ni halol luqma yemog‘i, go‘zal narsalarga qaramog‘i, yoqimli musiqa va so‘zlarni tinglamog‘i va muloyim bo‘lmog‘i, to‘g‘riso‘zlikka jiddiy ahamiyat qaratmog‘i zarur. Chunki homila onaning vujudida uning barcha sifatlari va ruhiy olami bilan muloqotda bo‘ladi. Onadagi barcha tuyg‘ularni his etadi, uning so‘zlarini tinglaydi. Ona tug‘ilajak farzandni parvarishlash va tarbiyalashda zarur bo‘ladigan bilimlarni egallashi uchun ajdodlarimiz yozib qoldirgan merosni, qadriyatlarni hamda hozirda yozilgan maxsus kitoblarni o‘qib o‘rganishi lozim bo‘ladi. Shuningdek, ota ham homilador ayol parvarishiga katta e’tibor berishi, vitaminlarga boy ovqatlar tayyorlash uchun moddiy-ijtimoiy shart-sharoitlar yaratishi kerak. Ona ham o‘z o‘rnida ovqatlanish madaniyatiga rioya qilishi, mutaxassis akusher-ginekologlardan maslahatlar olib turishi, hayot tajribasiga ega doyalar bilan hammaslakdosh bo‘lishi va o‘z o‘rnida, homilador ayolning ota-onalari, aka-uka, opa-singillari, qarindosh-urug‘lari tushunib, har tomonlama ko‘mak berib, hurmatlarini joyiga qo‘yishlari, oilada sokinlik, tinchlik, osoyishtalik hukm surishi hamda uyni ozoda, pokiza, tartibda tutishlari talab etiladi. Amerikalik olim Devid Chemberlen “Tug‘ilishga tayyorgarlik ko‘rish uchun bola bilan aloqada bo‘lish kerak. Ona tug‘ilmagan bolaga boshqa odamlar singari munosabatda bo‘lishi kerak. Farzandingiz muloqot qila oladi, u tashqi dunyoda yuz beradigan barcha muhim voqealarni o‘rganadi va eslaydi”, – deydi. Qadimgi davrlarda ham, ona homiladorlikdagi ko‘p vaqtni tabiat go‘zalligidan bahra olgan, ular haqida o‘ylab, shirin xayollar og‘ushida mulohaza yuritgan. Homilador onaga raqslar o‘rgatilgan, u rasm chizgan, musiqa ohanglaridan zavqlangan. Hatto zamonaviy buvilarimiz ham go‘zal narsaga tez-tez qarashga maslahat berishadi. Go‘zallikdan rohatlangan ayoldan bolaga barcha ijobiy xislatlar o‘tgan. Qadimgi Xitoyda ayol homiladorligining dastlabki oylarida kelajakdagi ota bo‘lajak farzand bilan uchrashish marosimidan o‘tishi kerak edi. U o‘zini o‘zi bilan tanishtirdi, o‘zi, kasbi, hayotga bo‘lgan qarashlari haqida gapirdi. Bu jarayonda otaning muhim roli haqida quyidagi fikrlarni keltirish mumkin: ‒ bolaning jismoniy tug‘ilish soatini kutmang, u allaqachon mavjud, u siznikidir; – uni yaxshi ko‘ring va homiysi bo‘ling homila bilan muloqot qilish uchun vaqtni ayamang; – u bilan gaplashing va tug‘ilgandan keyin u sizni deyarli darhol taniy boshlaydi; – onalikka tayyorlanayotgan rafiqangizga mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘ling, chunki uning tashvishlari va xafaliklari farzandingizning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga ta’sir qiladi. Farzand tarbiyasida ma’rifatparvar Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobida bunday keltiradi: “Alloh taolo insonlarni asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi bilan yomonni, foyda bilan zararni, oq bilan qorani ajratadigan qilib yaratgan. Lekin insondagi bu qobiliyatni kamolga yetkazish tarbiya bilan bo‘lur. Qush uyasida ko‘rganini qilar”.
Chunonchi, insonning dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy va aqliy xislatlarini uning olgan tarbiyasi, yashagan muhiti belgilaydi, deb hisoblanadi. Agar, odam to‘g‘ri tarbiyalanib, odamiylik xislatlarini o‘zida mujassam etgan bo‘lsa, bu uning eng qimmatli boyligi va baxti bo‘lsa, noto‘g‘ri tarbiya esa odamni baxtsizlikka, hatto halokatga yetaklashi mumkin. Aslida, maktab tarbiyasidan ham avval oila tarbiyasiga katta e’tibor qaratiladi. Nima uchun? Chunki oilada farzand tarbiyasiga qo‘yilgan tamal toshi to‘g‘ri qo‘yilsa, maktab ta’limi uchun ham katta tayanchdir, aksincha, oilada ilk tarbiya talab darajasida olib borilmasa, maktabdagi ta’lim-tarbiya ishi o‘zining kutilgan natijasini bermaydi. Farzand tarbiyasining uchinchi bosqichida farzand dunyoga kelgan kundan boshlab beriladigan tarbiya “parvarish davri” ham deyiladi. Bolani parvarish qilish uchun yosh onaga tajribali doya-hamshira 1-2 oy davomida yordam berib turishi ma’qul bo‘ladi. Ona farzandini oziqlantirishda ozodalik qoidalariga amal qilishi, bolani poklikka birinchi kundanoq o‘rgatishi lozim. Azaldan bola yoshligidan oila a’zolari tomonidan ilm va hunarga o‘rgatib borilgan, shu tariqa uning jismoniy va ruhiy kamoloti oilada shakllangan. Bu xususda Kaykovus “Qobusnoma” asarida ham to‘xtalib o‘tadi: “Ey farzand, agar farzanding bo‘lsa, anga yaxshi ot qo‘ygil, nedinkim, otada farzand haqlaridan biri, unga yaxshi ot qo‘ymoqdir. Yana biri uldurkim, farzandni oqil va mehribon doyalarga topshurg‘aysan. Sunnat qilur vaqtida sunnat qilg‘aysan, qudratingga loyiq to‘y va tamosha qilg‘aysan hamda o‘qishni o‘rgatg‘aysan. Ulug‘roq bo‘lg‘ondan so‘ng, agar raiyat bo‘lsang, unga hunar va kasb o‘rgatg‘aysan”. Farzandni tarbiya qilganda, uning yoshi va saviyasini inobatga olish muhim. Ikki yoshgacha mutaxassislarning ta’kidlashicha, onalar bu davrda bola parvarishida quyidagi tavsiyalarga amal qilsalar foydadan holi bo‘lmaydi: – bolani ko‘krak suti bilan boqish uning har tomonlama mukammal o‘sishi, sog‘lom bo‘lishi, immunitetining ortishiga yordam beradi; 6 – bolaga kasallik yuqishidan qo‘rqish tabiiy, biroq, shuni unutmangki, gripp havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi, emizish bilan emas. Bolani emizayotganda yuzingizda 5-6 qavat doka tutilgan bo‘lishi kerak; – bolani to‘g‘ri ovqatlantirish kerak. Iliq yoki issiq kunlarda bolaga ko‘proq suv berish lozim; – shirin suyuqliklar chanqoqni yaxshi qondirmaydi. Bolani ilk yoshidanoq shirin ta’mga o‘rgatib qo‘yasiz. Oshqozon osti beziga bosim tushib, diabetga moyillik ko‘rsatkichini oshirasiz; – bola uchun eng foydali ichimlik – qaynatilgan shakarsiz suv. Suv o‘rniga turli meva kompotlarini berishingiz mumkin; – so‘rg‘ich bola tug‘ilganidan boshlab, ilk oylarda so‘rishga ehtiyoj kuchli bo‘lgan paytlarda juda kerak. Aks holda, u barmog‘ini, lablarini, tagliklar chetlarini, qalam uchlarini so‘rishni boshlaydi; – odatda, emizikli bolalar uchun kukun-dorilar beriladi. Ba’zi vositalar sut bilan ichirilsa, ta’sir kuchi yo‘qoladi, boshqalarini sutsiz ichirib bo‘lmaydi; – bola yig‘laganda, injiqlik qilganida, qo‘rqqanida yoki o‘ta xursand bo‘lganida terlaydi. Sog‘lom, emizikli bola esa issiq sharoitda ham deyarli terlamaydi; – bolani ob-havoga mos kiyintirgan bo‘lsangiz, issiqlashi ehtimoldan yiroq. Lekin uning ko‘ylakchalari besabab ho‘l bo‘lsa, unga e’tiborliroq bo‘ling; – doimiy notabiiy nur bola organizmida bioritmlarni nazorat qiluvchi va tetiklikni saqlovchi melatonin gormoni faoliyatini susaytiradi. Natijada, biologik davomiyligi buzilib, bola o‘zini yomon his qila boshlaydi, kunduzi injiqlanadi, tunda yaxshi uxlolmaydi; – amerikalik pediatrlar har 16 ta boladan bittasida bosh suyagi deformatsiyasini aniqlashdi. Buning sababi, ular uzoq vaqt bir tomonga qarab yotganligidan yoki D vitamini tanqisligidan aziyat chekadi. Bolaga ushbu qimmatli vitaminni yetkazib berishni unutmang; – har qanday holatda ham bola terisiga me’yordan ortiq yog‘ yoki krem surmang, ular me’yorda surilgach, bolani tagliklarga o‘rab-chirmab tashlamang, yog‘ yoki krem ma’lum muddat ichida teriga so‘rilishi lozim.
Aks holda, so‘rilmagan massa taglik teshikchalarini to‘sib qo‘yadi va uning namlikni tutish xususiyatiga putur yetadi, teri muammolari ham kuchayadi; – bolani aravacha bilan birga zinadan olib tushish bola uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin. Ko‘p qavatli uylarda lift yo‘qmi yoki vaqtincha ishlamayaptimi? Unda kichkintoy bir muddat uyda qolgani ma’qul; – faqat shirin so‘zlar, chiroyli muomala va erkalashlar orqali tarbiya qilinadi. Besh yoshgacha farzand atrofni kuzatadi, aksariyat ma’lumotni shu davrda oladi. Bu davrda ota-ona amaliy tomondan bolaga namuna bo‘lishlari, oilada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishlari talab etiladi. Bolaga yoshligidan kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ayniqsa, o‘zbek xalq ertaklarini o‘qib berish, 3-4 yoshga kirganda o‘qib berilgan ertakni tushunganini o‘zidan so‘rash lozim. Keyin o‘qib berilgan ertaklar bo‘yicha bolaga oddiy savollar berish va uning javob berishiga shoshiltirmaslik kerak. Bolani savolga bergan har bir javobi uchun maqtab, rag‘batlantirib turish olgan tushunchalarining xotirasida doimiy muhrlanib qolishga katta imkoniyat beradi. Shuningdek, maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlantirish davri sanaladi. Sensor tarbiya bolalarda hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga sezgi va idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik jarayondir. “Sensor” so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib “sensus” – “tuyg‘u”, “sezgi”, “idrok”, “sezish qobiliyati” ma’nolarini anglatadi. Demak, borliqni bilish avvalo, sezish, idrok qilishdan boshlanadi. Inson ko‘rish, sezish, anglash, his qilish yordamida tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida bilimga ega bo‘ladi. Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning muvaffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi. Bolalarning aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasini shakllanishida sensor tarbiya muhim o‘rin tutadi. O‘n yoshgacha bolalar muvozanatli hayotni tez idrok etuvchi, ishonuvchan, ota-onalariga itoatli, tashqi qiyofa haqida ko‘p e’tiborsiz bo‘lganligi bois bu oltin yosh hisoblanadi. Bu davrda esa me’yorida qattiqqo‘llik va intizom talab etiladi. Bola oqqorani, yaxshi-yomonni ayni shu davrda farqiga bora boshlaydi. Bu davrda farzandga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatilishi, yaxshi, sadoqatli do‘stlarga hamroh qilinishi bola biz ko‘zlagan barcha talablarga javob beradigan odobli, yaxshi inson bo‘ladi. O‘n besh yoshgacha bolalar tafakkurida mustaqil fikrlash boshlanadi, o‘zim bilaman degan tushuncha paydo bo‘ladi, organizmida fiziologik o‘zgarishlar yuz beradi, xulq-atvorida qaysidir ma’noda salbiy illatlar namoyon bo‘la boshlaydi, kayfiyati tez o‘zgaradi, ota-onalariga nisbatan norozilik bildiruvchi, tez jazavaga tushuvchi va o‘z o‘rnida dunyoga nisbatan ijobiy munosabat shakllanadi. Ularda did, farosat, o‘zini jamoa orasida tutish, aqllilik, hazil-mutoyibaga moyillik, chidamlilik, tashabbuskorlik, tashqi qiyofa va qarama-qarshi jinsdagilarga e’tibori orta boshlaydi. O‘smir o‘zining ichki dunyosiga e’tiborliligi ortadi, tanqidlarga nisbatan ta’sirlanuvchan, ota-onasiga “Sizning dunyoqarashingiz boshqacha, unday emas, bunday bo‘ladi”, – degan tanqidiy munosabatlar bildiruvchi hamda do‘st tanlovchi bo‘ladi. Shuningdek, bu davrda voqea-hodisalardan o‘ta darajada to‘lqinlanish va hayajonlanishi ortadi. Shijoatli, xushmuomala, o‘ziga ishonchi ortadi, atrofdagi insonlarga e’tibori ortadi va nisbiy farqni ajrata boshlaydi. O‘n sakkiz yoshgacha o‘spirinlik ularda muvozanatlashuv, hayotdan quvonish, ichki mustaqillik, emotsional barqarorlik, muomalaga moyillik, kelajakka intiluvchanlik ortadi. Bu davrda farzand do‘stimiz, suhbatdoshimiz, ta’bir joiz bo‘lsa sirdoshimiz bo‘lishi kerak. Bola ota-onadan tortinmasligi, balki do‘sti sifatida yaqinlashmog‘i lozim. Bu farzandimizni qay darajada tarbiya qilganimizning natijasi o‘laroq farzand hayotining keyingi bosqichini belgilab beradi va bu borada donishmandlarning ta’kidlashicha: Agar bola tanqidiy ruhda yashasa, u ayblashni o‘rganadi. Agar bola adovat bilan yashasa, u urishishni o‘rganadi. Agar bola qo‘rquvda yashasa, u qo‘rqoqlikni o‘rganadi.
Agar bola afsusda yashasa, u afsuslanishni o‘rganadi. Agar bolaning ustidan ko‘p kulishsa, uyatchan bo‘lishni o‘rganadi. Agar bola qiziqish bilan yashasa, u havas qilishni o‘rganadi. Agar bola uyat bilan yashasa, u aybdorlik hissini o‘rganadi. Agar bola qo‘llab-quvvatlash bilan yashasa, u o‘ziga ishonishni o‘rganadi. Agar bola bag‘rikenglikda yashasa, u sabrli bo‘lishni o‘rganadi. Agar bola maqtov bilan yashasa, u qadrlashni o‘rganadi. Agar bola tan olish bilan yashasa, sevishni o‘rganadi. Agar bola rostgo‘ylik va adolatda yashasa, u haqiqat va adolat nimaligini o‘rganadi. Agar bola xavfsizlikda yashasa, u o‘ziga va atrofidagilarga ishonadi. Agar bola do‘stlik bilan yashasa, u yer yuzi yashash uchun ajoyib joy ekanligini anglaydi. Agar siz osoyishtalik bilan yashasangiz, sizning farzandingiz ham osoyishtalikda yashaydi. Kelajak avlod yetuk va komil inson bo‘lib shakllanishi uchun kitob mutolaasi uchun hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rganishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni tashkil qilish, ota-ona bolada estetik tarbiya, go‘zal manzaralardan zavq olish hissini shakllantirish uchun tabiatdagi manzarali joylarga, muzeylarga olib borishi orqali qalbiga go‘zallik his-tuyg‘usini singdirishi muhimdir. Xulosa o‘rnida aytganda, ma’naviy immunitetli, fikrini ravon bayon qila oladigan, yuksak marralarni ko‘zlaydigan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti muhimdir. Yoshlarning ma’naviy dunyosini egallashga qaratilgan turli mafkuraviy bo‘xronlar va xavf-xatarlar kuchayib borayotgan davrda o‘zi kimlarning vorislari ekanini teran anglab, ona yurtiga sadoqat va mehr-muhabbat hissi bilan yashaydigan, imon-e’tiqodi chinakamiga barqaror yoshlargina ona yurtimizni yot va begona g‘oya va kuchlardan asrashga hamda jonajon vatanimizni barcha jabhalarda kamol toptirishga o‘z hissasini qo‘sha oladi. Biz ota-onalar farzandlarimizni shunday tarbiya qilishimiz kerakki, ular o‘z ajdodlariga, o‘z o‘tmishiga, Ona vataniga, ona tiliga, millatiga, diniga va qadriyatlariga sodiqlik bilan xizmat qiladigan inson bo‘lib kamolga yetishlari shart va zarurdir.
Navoiy shahar otinoyisi Ro‘zigeva Hushandom.