Odamiylik fazilatlari haqida donolar fikri

27-09-2023, 20:16 admin Мақолалар 703

Odamiylik fazilatlari haqida donolar fikri
O`zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgach, o`tmishimzini , tariximizni tahlil qilib, xolisona o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldik. Istiqlol yillarida milliy ma’naviyatimizni tiklash, qadimiy tariximizni keng xalq ommasiga yetkazish borasida ulkan ezgu ishlar amalga oshirildi.”Har qaysi xalq taraqqiyotini yuksaltirish uchun –tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi”, - deya ta’kidlagan edi Birinchi Prezidentimiz o` asarlarida.
Sharq donishmandligining boy tajribalarini o`zlashtirgan va uni rivojlantirishga katta hissa qo’shgan Sohibqiron Amir Temurning jamiyat, davlat haqidagi fikrlariga nazar tashlasak, xalqning osoyishtalikda, baxtli yashashida va elini odilona boshqarishida eng asosiy ta’sir etuvchi omillarning biri ma’rifat, ilm-fan sohalarini rivojlantirish deb hisoblanganini ko’ramiz. Sohibqironning fikricha, davlatni va undagi ijtimoiy hayotni boshqarishda , uni to’g’ri yo’nalishga solishda barcha narsalardan bilim, aql-zakovatustun bo’lishi lozim.Shu bois mutafakkir davlat ishlarining to’qqiz ulushi kengash va maslahat bilan hal etilishi zarur ekanligini ta’kidlagan edi.
Amir Temur kelajak avlodlarga qoldirgan “Tuzuklar”ida odamning shaxsiy hayotida , davlat ishlarida katta ahamiyatga ega bo’lgan tafakkur, aql bilan ish yuritish kabi xislatlariga doimo diqqat bilan qaragan.Sohibqiron davlat hayotida ilm-fan bajaradigan xizmatlarning ulug’ligini teran tushungan edi. “Men azaldan ilm shaydosiman”, -deb qalbidagi fikrni aytishi uning jamiyatni rivojlantirish borasidagi to’g’ri yo’nalishni tanlaganini ko’rsatadi. Amir temur ilm-fanning insonni, jamiyatni rivojlantirishdagi xizmatiga katta baho berib, yoshlarga ilm sirlarini bilishdaan muhim vazifalar yuklaydi.
Ilmning odamni to’gri yo’lga boshlashini, insonni yetuk aqlga va fazilatga ega shaxs sifatida shakllantirishini, ayniqsa, nazarda tutgan va yoshlarning komil inson bo’lishiga ta’sir etadigan omillarning biri-uning bilim olishi deb tushungan Amir Temur Movaraunnahr poytaxti Samarqandda ilm va madaniyatning gullab-yashnashi uchun shaharga turli mamlakatlardan olimlar, hunarmadlar, quruvchi muhandislarni yiqqan. Shaharda fanlar akademiyasini ochib, davlatni har tomonlama rivojlantirish uchun katta ishlar qilgan. Tugilgan yeri Kesh(Shahrisabz) shahrida ilmga, odob-axloqning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratib, uni O’rta Osiyoning ma’naviy markaziga aylantirdi. Shu bois Kesh shahri “Qubbbatul ilm val adab” nomiga sazovor bo`ldi.
Ayniqsa Temur davlat miqyosida va shaxsan o’zi ochgan bu masjid-madrasalarda bilim berish mazmunining sifatli bo`lishiga ham katta ahamiyat bergan. Ta’lim muasasalarida bilim olayotgan talabalarga “Qur’on”ning mazmunini , shu bilan birga, ta’lim oluvchi yoshlarga davlatning qonun-qoidalarini, shariatni o’rgatib, undan amalda foydalan bilishni, odob-axloq masalasida esa Muhammad ibn Abdulloh yaratgan hadislarni o`rganish va uni rahbarlikka olish zarurligini, shu uchta omil yoshlarning komil inson bo`lib yetishishini ta’minlaydigan ilm turlari deb hisoblagan.
Respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish ta’limni insonparvarlashtirish, bola shaxsini to`lqonli tushunish, uni hurmatlash, uning qiziqishi va qobiliyatini ro`yobga chiqarishga imkoniyat yaratish bilan birga insoniy sifatlarini shakllantirishni talab etadi.Jamiyatda inson omili har doim hal qiluvchi orin egallagani tufayli buyuk olim va mutafakkirlar ijodida , pand-nasihatlarida insonni tarbiyalsh, komil inson bo`lish g`oyasi asosiy g`oya sifatida ifoda etilgan, axloq-odob me’yori hisoblangan.
O`rta Osiyoning buyuk allomalari va mutafakkirlaridan biri Az-Zamashariy har bir insonning insonparvar, odamiylik fazilatiga ega bo`lishi, xushfe’l, samimiy , razil odamlarning insonga, jamiyatga foydasiz ekanligini ta’kidlab, insonlarni halol, rostgo’y, haqiqatgo`y va adolatli bo`lishga undaydi:”Quyosh nuri bekilmaydi, haqiqat shami so`nmaydi”.
Madina Jumanazarova
Nurota tuman bosh otinoyisi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Диний билмларингиз қай даражада?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш