Bag`rikeng O`zbekiston.
O, ota makonim, onajon o`lkam,
O`zbekiston, jonim to`shay soyangga.
Sendek mehribon yo`q, seningdek ko`rkam
Rimni alishmasman bedapoyangga.
(M.Yusuf)
Tong…Ufqdan erinibgina bosh ko`targan quyosh qalblardan tun qorong`uligini haydamoqda. Butun borliq yana bir yangi kunga quchoq ochmoqda.Naqadar go`zal manzara! Gullar butun chamanda yagonaligini ko`z-ko`z etib, turli noz-u karashma ila tebranib turibdi. Qushlar dunyoni qutqarguchi go`zallik to`g`risida xonish qilmoqdalar. Lekin ularning barini bir tuyg`u birlashtirib turibdi. Bu – Vatanga muhabbatdir. Bu his biz – insonlarning qalbida tug`ilgan onimizdan vafotimizga qadar niholdan daraxtga aylanishi yoki kurtak ochmasidan qurib qolishi ham mumkin. Butun olam ajoyibotlari naqadar go`zal, naqadar betakror bo`lishmasin, Insonga bosh egadi. Boisi shundaki, Alloh taolo insonni yaratar ekan, uni boshqa mavjudotlardan farqli ravishda, ongli qilib yaratdi. Borliq chiroyidan bahramand bo`lsin, deb ko`z, quloq ato etdi. Bir-biriga oqibatli bo`lishi, bor narsalarini qadrlashi uchun qalb, yurak; mehrini ifoda eta olishi uchun esa til berdi. Bu imkonlardan qanday foydalanish, umrini nimalarga sarflashni esa ona tabiat uning o`ziga qo`yib berdi.
Dunyodagi har bir xalqning o`z Vatan falsafasi bor. Biz ko`kragimizni g`oz kerib har qancha g`ururlansak arziydi, chunki o`zbek xalqining Vatan falsafasi dunyodagi eng qadimiy va muqaddas qo`lyozmalardan biri bo`lgan “Avesto” kitobimizda o`zining yorqin ifodasini topgan. Ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu amal g`oyalarini mujassam etgan “Avesto” kitobida Vatanni sevish haqida jumlai jahonga ibrat bo`ladigan shunday hikmat bor: “Har bir inson o`zi o`sib-ulg`aygan mamlakatni eng yaxshi va go`zal mamlakat deb tushunmog`i kerak”. Aynan shu hikmat mehvariga tutashgan Vatan falsafasi asrlar osha ikki daryo oralig`ida yashagan xalqlarni o`zini o`sib-ulg`aytirgan mamlakatiga muhabbat ruhida tarbiyalab keldi. Quyosh nur sochishdan, zamin aylanishdan to`xtamaganday Turon-Turkiston xalqlari bunyodkorlikdan, yaratuvchanlikdan to`xtamadi. Xalq peshvolari har bir davrda, har bir sohada jaded bo`lib odamlarning qalbiga ezgulik urug`larini sepishdi. Yillar o`tib, bu ezgulik urug`lari xalqimiz foydasiga unib chiqdi. Istiqlol bo`lib bo`y cho`zdi. Dunyo ilm-faniga beshik bo`lgan O`zbekistonni jahon tanidi.
Mustaqillik yillarida ma’naviyat sohasida ulkan ishlar amalga oshirildiki, bu yosh avlodning barkamol farzandlar bo`lib voyaga yetishida mustahkam zamin vazifasini o`tab kelmoqda. Tarixan qisqa fursat ichida yurtimizda amalga oshirilgan ishlarning ko`lami har bir vatandoshimizga yaxshi ayon. Bugun O`zbekiston ma’naviy tahdidlarning oldini olishda milliy g`oyaga tayanmoqda. Chunki milliy g`oya jamiyatimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillarining maqsad-muddaolari va intilishlarini ifodalaydi.
O`zbek xalqi azaldan bag`rikeng, tinchliksevar ekanligiga tarix guvoh. Qolaversa, xoh yapon bo`lsin, xoh yunon, hammamiz ham, avvalo, insonmiz-ku. Inson yashagan joyda inson yashashi mumkin emasmi? Buni yaxshi tushungan xalqimiz bugun ham turli millat va elat vakillari bilan tinch-totuv yashab kelmoqda. Biz bilan birgalikda o`zga dinlarga e’tiqod qiluvchi kishilar ham halol mehnat qilib, peshona terisi evaziga yashamoqda. Ular biz bilan ahil-inoq, quvonsak quvonadi, iztirob cheksak, iztirob chekadi. O`zimizga o`xshaydi. Birontasi o`z e’tiqodini ko`z-ko`z qilmaydi, bizga o`xshab diniy amallarni o`zi uchun bajaradi. Jamiyatimizdagi bunday bag`rikenglik ruhini himoya qilish har birimizning vazifamizdir. Zero. diniy bag`rikenglik, millatlararo totuvlik tinchligimiz, farovonligimiz garovidir.
Darhaqiqat, shuni ta’kidlash joizki, bag`rikenglikni oilada oila boshlig`i, mahallada oqsoqol, o`quv joylarida ustoz-murabbiy, ish joylarida rahbar va jamoat joylarida katta yoshlilar yuzaga keltirishini unutib bo`lmaydi. Bunda bir haqiqatni unutmaslik kerak: kimki chinakam e’tiqodli bo`lsa, u – bag`rikeng bo`ladi. Umuman, millatimiz, til, dinimizdan qat’i nazar barchamizni bir maqsad bog`lab turibdi. Jonajon O`zbekistonimizni tenglar ichra teng, buyuklar ichra buyuk ko`rish muborak zaminimizda o`sib-ulg`ayayotgan har bir vatandoshimizning eng ezgu, eng ulug` niyatidir. Ma’naviyati boy, xalqparvar yurtdoshlarimizning azm-u shijoati bilan, albatta, bunday ezgu niyatga erishamiz!
Nurota tumani bosh otinoyisi Madina Jumanazarova