Tinchlik va osoyishtalik oliy ne’mat

15-09-2022, 16:22 admin Мақолалар 815

Tinchlik va osoyishtalik oliy ne’mat

Ma’lumki tinchlik va hotirjamlik Alloh taoloning eng katta ne’matlaridan biridir. Qolaversa barcha ezgu ishlar ro‘yobga chiqishining boisi ham tinchlik va osoyishtalikdir. Shuning uchun ham Payg’ammbarmiz Muhammad Sollallohu alayhi vasallam hadislarining birida tinchlik-hotirjamlik eng ulug‘ ne’mat ekanligini ta’kidlab shunday deganlar : “ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U hotirjamlik va sihat salomatlkik” (Imom Buxoriy rivoyati)
Bugungi kunda hech shubhasiz yurtimizda turli sohalarda erishilayotgan barcha yutuqlarimizning zamirida jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik hisoblanadi.
Bugun ko‘hna va navqiron Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan ShHT ning Xitoy, Rossiya, Pokiston, Hindiston va biz bilan qo‘shni ittifoqdosh davlatlarning xalqaro sammiti ham bugungi kundagi tinchlik va osoyishtalikka qaratilgan.
Taassufki, butun jahon hamjamiyati, xusussan musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy, jarayonlar kechmoqda. Insoniyat muayyan siyosiy doiralar tomonidan o‘z ta’sir doiralarini kengaytirish maqsadida, amalga oshirayotgan g‘oyaviy kurashlar va mafkuraviy tahdidlar avj olgan bir vaziyatda yashamaoqda. Qator davlatlar siyosiy tanglik, ijtimoiy-iqtisodiy baraqarorlik va qurolli nizolarni boshdan kechirmoqda, ko‘plab mamalakatlarda odamlar og‘ir iqtisodiy muammolar girdobida, nochorlik, oziq ovqat tanqisligi, ochiqdan ochiq zo‘ravonliklar va xavfsizlikning yo‘qligi sharoitida kun kechirmoqda.
Darhaqiqat Payg‘ambarimiz Sollallohu alayhi vasallm “Tinchlik va hotirjamlik ikki ulug‘ ne’matdirki, bundan ko‘p odamlar
mahrumdurlar” degan hadislarini eslagan holda, bugungu kunda yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik qator mamlakatlarining xalqlari uchun orzu bo‘lib qolayotgani guvohi bo‘lmog‘idamiz. Alloh taolo Qur’onu Karimda “Allohni rizqini yeb ichingiz, yer yuzida buzg‘unchilik qilmangiz” deb marhamat qilgan. Yurtimizda bo‘layotgan xalqaro anjumanning ham asosiy negizi tinchlik va osoyishtalikdir. Xulosa o‘rnida shuni aytamizki yutimizda keksalar tinchlikni so‘rab duo qilishlari, yoshlar esa uni asrash va qadriga yetishi lozim.

Xatirchi tumani “Shomurod ota” jome masjidi imom-xatibi
Mamadiyorov Muhammadsodiq.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Диний билмларингиз қай даражада?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш