Navoiy viloyati Diniy-maʼrifiy soha vakillari umumxalq referendumida faol ishtirok etdi
Bugun 30-aprel – yurtimizda muhim siyosiy jarayon – “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonun yuzasidan umumxalq referendumi boʻlib oʻtmoqda.
Bugun esa yurtimizda umumxalq referendumi doirasida xalqimizning amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuygʻusi yana bir bor boʻy koʻrsatdi. Ertalabki soat 8:00dan boshlab aholi oʻzlari biriktirilgan referendum uchastkalariga chiqib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. Jumladan, mamlatimizdagi diniy-maʼrifiy soha vakillari hamda milliy madaniy markazlari xodimlari ham referendumda faol qatnashdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Navoiy viloyati vakilligi
30.04.2023йил Ўзбекистон Республикаси Референдумида овоз бериш учун 18 ёшга тўлган Ўзбекистон Республикасининг ҳар бир фуқароси қаторида Навоий вилояти туман ва шахар бош имом хатибининг хотин-қизлар масалалари бўйича ёрдамчилари ва барча расмий отинойилари ҳам фаол иштирок этдилар.
ЎМИ Навоий вилоят вакиллиги