Ajrimlarni oldini olish

5-05-2025, 00:00 admin Мақолалар 35

Oilada er-xotinning huquq va majburiyatlari yuzasidan tugʻilayotgan bahslar, turmushning darz ketishi, oʻzaro mojarolar, ajralishlar bugungi kunda jamiyatimizda jiddiy eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan masala.Bilamizki, oilalar tinchligi va mustahkamligida oila boshligʻi — erkaklarning oʻrni hamda masʼuliyati juda katta. Chunki hayotning qiyinchiliklarini ular oʻz yelkalariga oladilar. Afsuski, amaliyotda koʻrib turibmizki, erkaklarning oilaviy munosabatlarda oʻz oʻrnini yoʻqotib qoʻyayotgani, yaʼni ikkinchi darajaga tushib qolayotgan holatlar ham yoʻq emas.
Sharq mamlakatlari tajribasiga tayanadigan boʻlsak, kelinga ham, kuyovga ham qoʻyiladigan talablar juda yuqori.Uning ustiga ayolning haq-huquqlari qatʼiy belgilab qoʻyilgan. Xonadonda “kelin xizmat qilishi kerak, oyligini qaynonasi va yoki qaynotasiga berishi shart, degan tushunchalar umuman yoʻq. Ushbu tamoyillar ertaga oilaning ajralish yoqasiga kelishi har ikki tomon uchun ham qattiq ijtimoiy va moliyaviy zarba boʻlishini juda yaxshi biladi. Bizdachi? Aksariyat ajrimlar aynan mana shunday mayda-chuyda, bemaʼni shartlardan kelib chiqayotgani bor haqiqat.
Ming afsuski, uchinchisiga, toʻrtinchisiga ham toʻy tomosha qilib qiz bola kelin olayotgan oilalar har bir viloyatda uchraydi. Buning ustiga, har bir qurgan oilasidan bir, ikki nafar farzandi borlari ham yoʻq emas. Ertaga albatta aliment, nikoh ajrim masalalarida bu oilalarda janjal, chigal vaziyat yuzaga kelish ehtimoli yuqori. Bu esa jondan aziz qizlarimizga “arzon”, degan tamgʻani bosish emasmi? Axir zarning qadri uning noyobligida, “ha” deganda topilavermasligida emasmi?
Ajrimlarni oldini olish uchun nima qilish kerak?
Bizningcha, ajrimlarni jamiyatda kamaytirish uchun asosiy eʼtiborni nikohga qaratish lozim. Uning qadr qimmatini imkon qadar oshirish lozim. Nega? Chunki bizda nikoh arzongarov boʻlib qolgan. Asosiy eʼtibor toʻy va toʻygacha boʻlgan marosimlarga qaratiladi. Marosimlar birinchi oʻringa qoʻyiladi.
Kim nimaga qiyinchilik bilan erishsa, uni shunchalar qadrlashi tabiiy, albatta. Hozirda esa oʻzimizning shaxsiy orzu-havaslarimiz tufayli yoshlarimizga nikoh va kelin boʻlmishni osongina berib qoʻyayotgandekmiz.
Xoʻsh, muammolarning oldini qanday olish zarur? Avvalo, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlab borish shart. Bu juda muhim ahamiyatga ega. Unda bir qator omillarga eʼtibor qaratish lozim.Masalan, oiladagi ajrimlarni oldini olishda, asosan, yoshlarni oila ilmiga oʻrgatish maqsadga muvofiq. Ularda oila muqaddas qoʻrgʻon ekanligi toʻgʻrisidagi targʻibot-tushuntirish ishlarini butunlay yangi bosqichda, noodatiy usul va yondashuvlar asosida olib borish kerak.Oila qurayotgan yoshlar uchun oilaviy munosabatlarni toʻliq tushuntiradigan va er-xotin haq-huquqlarini mukammal anglatadigan, diniy va dunyoviy bilimlar bir tizimga solingan maxsus oʻquv dastur ishlab chiqilishi kerak. Qonuniy nikoh tuzilmasidan avval mana shu dasturni majburiy tartibda yoshlarga oʻqitish zarur. Shundagina ularda oila va uning muqaddasligi, diniy arkonlar va majburiyatlar haqida har ikkala yoshda toʻliq tushuncha hosil boʻladi. Bu esa, albatta, oila mustahkamligiga xizmat qiladi.

Nurota tuman '' Oq machit '' MFY otinoyisi M. Fayzullaeva
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари  Учқудуқ  туманида
Фуқароларни қабул қилиш куни
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари Зарафшон шаҳри ва Томди  туманида.
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари Канимех туманида
"Қосим Шайх" жоме масжидида рамазон ҳайити намози
РАМАЗОН ҲАЙИТИНГИЗ МУБОРАК
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш