Azaldan tug‘ilgan farzand sog‘lom va baquvvat bo‘lishi uchun onalarga go‘dakni ko‘krak suti bilan oziqlantirish tavsiya etilgan va bugungi kunga kelib ushbu tavsiyaning naqadar to‘g‘riligi ilmiy jihatdan isbotlanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ‘ ona suti bilan oziqlantirilgan bolalarda sun’iy yoxud qo‘shimcha ozuqalar bilan o`sgan bolalarga qaraganda kasalliklarga chalinish holatlari 2,5 baravar kamroq kuzatilar ekan. Boisi shundaki, ko‘krak suti tarkibida chaqaloq hayoti uchun zarur oziq moddalar va vitaminlar mavjud bo‘lib, ular bolani turli kasalliklardan saqlaydi hamda ularga qarshi bir umrlik immunitet hosil qiladi. Ona sutining yana qator afzalliklari bo‘lib, unda bolaga kerakli barcha makro va mikroelementlar, vitaminlar mavjud. Uning tarkibi bolaning rivojlanish bosqichiga moslashib o‘zgarib boradi. Masalan, dastlabki 6 oyligida suyuqroq, 90 foizi suvdan iborat bo‘ladi. Bola rivojlangani sayin yog‘liligi oshib, vitamin va minerallar ko‘payib boradi. Ona sutida tabiiy immunet oqsillari, antitelolar borligi uchun ona suti bilan oziqlangan bolalarning immuniteti kuchli bo‘ladi.
Bundan tashqari ushbu yo‘lda oziqlantirilgan bolalar boshqa tengdoshlaridan jismonan va aqlan ham ajralib turishar ekan. Ayniqsa, ko‘krak emish orqali onaning bolaga, bolaning esa onaga mehri va bog‘liqligi ortib borar ekan. Shu boisdan, biz yoshi ulug‘lar yosh onalarga farzandining sog‘lomva baquvvat voyaga yetishi uchun ona suti bilan boqish afzalligi to‘g‘risida ko‘plab targ‘ibotlar o‘tkazamiz.
Ona sutining boshqa bir mo‘jizaviy xususiyati u bilan ikki yil oziqlanadigan chaqaloq uchun nihoyatda foydaliligidir. Holbuki, fan orqali yaqinda kashf qilingan ushbu ma’lumot bundan 14 asr ilgari muqaddas kitobimiz bo‘lmish Qur’oni Karimning Baqara surasida bolaning onasiga uni ikki yil emizish hukmi borligi keltirilgan edi. Bu hukm emizish muddatini to‘liq qilmoqchi bo‘lganlar uchundir. Onaning tanasidan ovqatlanishga muhtoj norasida go‘dak uchun eng ma’qul ozuqa manbai bo‘lmish sutni ishlab chiqarish onaning ixtiyorida emas va u sut tarkibidagi turli ozuqaviy darajalarni belgilab berishga qodir ham emas. Har bir jonzotning ehtiyojini bilguvchi va ularga behad mehribonlik ko‘rsatguvchi hamda onaning tanasida bola uchun ona sutini yaratib qo‘ygan Zot hamma narsaga Qodir Allohning O‘zidir. Boshqacha qilib aytganda, bu betakror ne’mat Allohning tuhfasidir.

Nurota tumani “Turko” mahalla otinoyisi Jumanazarova Madina