Sog'lom turmush tarzi

24-02-2024, 19:51 admin Мақолалар 225

Sog'lom turmush tarzi
Salomatlik – hayotimizning eng muhim tarkibiy qismidir. Siz uni hech qanday pulga sotib ololmaysiz. Sog‘lik - muvaffaqiyat sari birinchi qadam, bu o‘ziga ishonch, chiroyli ko‘rinish, jismoniy kuch va har qanday tahdidlardan himoyalanishdir. Shuningdek, salomatlik bizga yangi hayot berish imkoniyatini tuhfa etadi.
Sport hamma narsaning yechimidir. Sport tanamizni mukammal holatda saqlash uchun juda muhimdir. Olimlar sport turmush tarzi DNK darajasida qarish jarayonini sekinlashtirishini isbotladilar: kundalik mashqlar hujayralar o‘limini oldini oladi va bu jarayonni sekinlashtiradi. Kam xarakatchanlik turmush tarzi semirishni, yurak-qon tomir va immunitet tizimi kasalliklarini va boshqa ko‘plab kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Sog‘lom ovqatlanish. Sog‘lom oziq-ovqat bizning uzoq umr ko‘rishimiz kalitidir. Oziq-ovqatlarni sifatli va o‘z vaqtida iste’mol qilish salomatligimizni mustahkamlaydi va yaxshilaydi, bizga jismoniy va ma’naviy quvvat bag‘ishlaydi, turli kasalliklarni oldini oladi.
Sog‘lom ovqatlanish nafaqat cheksiz dietalar va vaznni nazorat qilish, balki sog‘lig‘imiz uchun zarur bo‘lgan barcha moddalar - oqsillar, uglevodlar, yog‘lar, suv, minerallar, vitaminlarni o‘z ichiga olishi kerak bo‘lgan to‘liq ovqatlanishdir.

Bizga kerak bo‘lgan hamma narsa tabiat tomonidan berilgan. Go‘sht, mevalar, sabzavotlar, non va don mahsulotlari, sut mahsulotlari - bularning barchasini oqilona kerakli miqdorda iste’mol qilishimiz kerak.
Yengilgina yugurish – salomatlik garovidir. Yugurish - jismoniy holatni saqlash uchun ajoyib imkoniyat. Ertalabki yugurish butun kun davomida kuch va energiya berishga imkon beradi. Yugurish salomatlik uchun juda foydali, u mushak va asab tizimini mustahkamlashga yordam beradi, qon aylanishini faollashtiradi, yurakni mashq qildiradi va asabiy taranglikni yengillashtiradi. Shuningdek, yugurish – yangi sportchilar uchun yurak faoliyatini meyorlashtiruvchi ajoyib mashqdir.

Kechki mashq. Kechki yurish - uzoq umr ko‘rishning yana bir yo‘li. Ushbu passiv sport turi, ayniqsa, keksa yoshdagi insonlar uchun mos keladi. To‘yimli kechki ovqatdan so‘ng ota-onamizning qo‘llaridan ushlagan holda birga sayrga chiqamiz.
Jismoniy mashqlar tomirlardagi tromblar va suyaklarning zaiflashuvi kabi kamchiliklarni oldini olish uchun juda foydali..
Kechki yurish esa yosh bolalar va ularning ota-onalari uchun tinch uyqu uchun foydalidir.
Sog‘lom uyqu. Uyqu – bizning salomatligimiz uchun juda muhimdir. Inson hayotining davomiyligi uyquning davomiyligiga bog‘liq. Olimlarning ta’kidlashicha, insonning sog‘lom uyqusi kamida 8 soat davom etishi kerak.
Ertalabki badantarbiya. Kuningizni sermazmun boshlanishi uchun, ertalabki badantarbiyadan boshlang. Buning uchun uzoq masofaga yugurish va og‘ir mashg‘ulotlar bajarish shart emas. Tungi dam olishni kunduzgi faol ritmga moslashtirishda badantarbiya bilan shug‘illanish maqsadga muvofiqdir.
Bolalikdan sog‘lom turmush tarzi. Barcha sog‘lom bolalar jismonan faol bo‘ladilar. Ularni bunday bo‘lishiga sport to‘garaklari, maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, oilada to‘g‘ri ovqatlanishga hamda jismoniy tarbiyaga o‘rgatish katta ahamiyatga ega.

Otinoyi Ro‘ziyeva Xushandon
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Диний билмларингиз қай даражада?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш