Uyqugа yotish vа turish odoblаri

23-05-2019, 09:35 admin Мақолалар 1 827

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Qadrli bolajonlar, bir kecha-kunduzda bir necha marta ovqatlanganimiz kabi uyqu ham kundalik zaruriy odatlarimizdandir. Uyqu sababli hordiq chiqaramiz, ko‘zlarimiz va boshqa barcha a'zolarimiz tiniqib dam oladi. Keling, endi ba'zi uyqu odoblarini o‘rganamiz:

Imkon qadar xufton namozidan keyin uxlashga yoting, kechgacha o‘ynab yoki televizor ko‘rib, o‘zingizni toliqtirmang. Yosh bolalar ko‘proq uxlashi kerak. Qolaversa, ertaroq uxlasangiz, barvaqt turasiz.

Kech bo‘lganda ota-onangiz bilan xayrlashib, ularga yaxshi tilaklar bildirib, o‘z o‘rningizga borib yoting.

Uyquga yotish oldidan tishlaringizni yuvishni, ustki kiyimlaringizni, paypoqlaringizni yechishni unutmang. Shuningdek, xonangizning chirog‘ini o‘chiring.

O‘ng tomoningizga bilan «Bismillah» deb o‘rningizga yoting. Yerga qarab yotmang.

Kechasi uyg‘onib, biror sabab bilan ota-onangizni uyg‘otmoqchi bo‘lsangiz, albatta, xonalariga ruxsatsiz kirmang.

Uyqudan uyg‘onganda o‘rningizdan «bismillah» deb, o‘ng tomoningiz bilan turing.

Turgach o‘rningizni yig‘ing. So‘ng yuz-qo‘llaringizni, tishlaringizni yuvishga oshiqing. Busiz o‘yin o‘ynab, suhbatlashib o‘tirmang.
So‘ng kattalarga salom bering, badantarbiya mashqlarini qiling.

Манба islom.uz G‘iyosiddin Yusuf
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
Навоий вилоятимиздан Ҳаж зиёратига  245  фуқаро жўнаб кетди.
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари Хатирчи туманида
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари  Учқудуқ  туманида
Фуқароларни қабул қилиш куни
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари Зарафшон шаҳри ва Томди  туманида.
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари Канимех туманида
Диний билмларингиз қай даражада?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш